2021-yil yakuni bilan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
21/01/2022 - 18:56 4363
Respublikada 2021-yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 317,8 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizga o‘sgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaliklarining ulushi 66,0 foiz (o‘sish 102,1%), fermer xo‘jaliklari 29,3 foiz (105,%) hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 4,7 foiz (118%) ulushga ega.
Shu bilan birga, yalpi qishloq xo‘jaligi tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 47,5 foizni, chorvachilik mahsulotlari 47,7 foizni hamda ovchilik xizmati, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 4,8 foizni tashkil etgan.
Hisobot davrida dehqonchilik mahsulotlaridan 10 859 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 104,1%), 7541 ming tonna don mahsulotlari (98,8%), 3292 ming tonna kartoshka (104,7%), 2 853 ming tonna meva (101,4%), 2281 ming tonna poliz (106,9%) va 1 695 ming tonna uzum (105,5) yetishtirildi. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlaridan 2640 ming tonna go‘sht (104,8%), 11287 ming tonna sut (102,8%), 8053 mln.dona tuxum (103,5%) va 1 263 ming dona qorako‘l terisi (109,7%) ishlab chiqarildi.
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmida Samarqand viloyatining ulushi yuqori bo‘lib, respublika ko‘rsatkichidagi hissasi 13,0 foizni, Andijon viloyati 10,1 foizni, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari 9,2 - 9,7 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyati (8,8%), Surxondaryo viloyati (13,0%), Namangan viloyati (7,5%), Xorazm va Jizzax viloyatlari (6,5-6,6%), Navoiy viloyati (4,8%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatining (3,3-3,9%) ulushi boshqa hududlarga nisbatan past ulushga ega.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati