Joriy yilning 1-24-yanvar kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot
26/01/2022 - 18:01 3049
Ushbu davr mobaynida bozorda ananas 7 500 so‘mga, apelsin 5 500 so‘mga, limon 5 000 so‘mga, anor 4 500 so‘mga, bodring 3 500 so‘mga, banan 2 500 so‘mga, uzum 1 500 so‘mga, mandarin va loviya 1 000 so‘mga, mosh va guruch (alanga) 500 so‘mga, piyoz 250 so‘mga, sabzi 150 so‘mga va kartoshka 100 so‘mga arzonlagan.
Shu bilan birga, bulg‘ori qalampiri (yashil) 7 000 so‘mga, bulg‘ori qalampiri (qizil) 5 000 so‘mga, sarimsoq piyoz 2 500 so‘mga, pomidor 1 000 so‘mga, no‘xot 500 so‘mga hamda bodring 250 so‘mga oshgan.
Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-24-yanvar kunlari umumiy qiymati 41,9 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 mln dollar ko‘p) jami 60,4 ming tonna (12,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 7,6 ming tonna karam, 6,1 ming tonna mosh, 5,7 ming tonnadan uzum va loviya, 5,2 ming tonna mayiz, 4,4 ming tonna pomidor, 3,4 ming tonna sabzi, 3,1 ming tonna quritilgan meva, 2,8 ming tonna gul karam, 2,5 ming tonna xurmo, 1,7 ming tonna anor, 1,5 ming tonnadan yeryong‘oq va qalampir, 1,3 ming tonna bodring va 1,1 ming tonna ko‘katlar tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 17 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,2 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 59 ming tonna (12,6 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 30,3 ming tonna kartoshka, 11,7 ming tonna mandarin, 10,3 ming tonna banan, 2,1 ming tonna olma, 529,5 tonna kivi va 444,2 tonna apelsin import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-24-yanvar kunlari hududlardan jami 14,5 ming tonna, xususan, 9,1 ming tonna kartoshka, 3,9 ming tonna piyoz, 748 tonna karam va 1 1 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 318 tonna kartoshka, 1 403 tonna piyoz, 748 tonna karam, 456 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 28 tonna kartoshka, 1 593 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 871 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 257 tonna, Surxondaryo viloyatidan 252 tonna va Sirdaryo viloyatidan 160 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 2 052 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 340 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 2 133 tonna, Pokiston Respublikasidan 2 640 tonna va Eron davlatidan 1 590 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-24-yanvar kunlari jami 221,3 tonna, shu jumladan 198,7 tonna mol go‘shti va 22,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati