Jahon bankining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi muhokamasi (Toshkent shahri)

01/02/2022 - 19:49 3629

Joriy yilning 1-fevral kuni Jahon bankining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturini joylarda muhokama qilish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahri hududiy boshqaruvi, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

        Uchrashuvda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Jahon banki vakolatxonasi vakili Rahimjon Assangaziyev, Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Hashimov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti vakillari ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida Jahon banki Guruhining so‘nggi 5 yillikda mamlakatimiz bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalari, ularning natijalari, dasturlar asosida erishilgan yutuqlar, keyingi bosqichda rejalashtirilgan dasturlarni samarali tashkil etish borasida fikr almashildi.

Shu bilan birgalikda, uchrashuvda 2022-2026 yillarda mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan maqsadlar, yangi hamkorlik Dasturining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan, xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish, ekologik muhitni yaxshilash va iqlim o‘zgarishiga qarshi choralarni ko‘rish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish masalalari muhokama qilindi.

        Uchrashuvda mas’ul vakillar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlik yuzasidan o‘z takliflarini berdilar.

        

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati