Joriy yilning 1-31-yanvar kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
03/02/2022 - 10:39 3030
Ushbu davr mobaynida bozorda ananas 7 500 so‘mga, apelsin 5 500 so‘mga, limon 5 000 so‘mga, anor 4 500 so‘mga, bodring 3 500 so‘mga, banan 2 500 so‘mga, uzum 1 500 so‘mga, mandarin va loviya 1 000 so‘mga, mosh va guruch (alanga) 500 so‘mga, piyoz 250 so‘mga, sabzi 150 so‘mga va kartoshka 100 so‘mga arzonlagan.
Shu bilan birga, bulg‘ori qalampiri (yashil) 7 000 so‘mga, bulg‘ori qalampiri (qizil) 5 000 so‘mga, sarimsoq piyoz 2 500 so‘mga, pomidor 1 000 so‘mga, no‘xat 500 so‘mga hamda bodring 250 so‘mga oshgan.
Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-31-yanvar kunlari umumiy qiymati 54,9 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 mln.dollar ko‘p) jami 78,5 ming tonna (14,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 10,8 ming tonna karam, 7,7 ming tonna mosh, 7,2 ming tonna loviya, 7,1 ming tonna mayiz, 6,6 ming tonna uzum, 5,7 ming tonna pomidor, 4,6 ming tonna sabzi, 3,8 ming tonna quritilgan meva, 3,7 ming tonna gul karam, 2,7 ming tonna xurmo, 2,3 ming tonna anor, 1,8 ming tonnadan yeryong‘oq va bodring, 1,7 ming tonna qalampir hamda 1,5 ming tonna ko‘katlar tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 22,4 mln.dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 mln.dollar ko‘p) qiymatdagi jami 82,2 ming tonna (22,8 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 40,9 ming tonna kartoshka, 19,1 ming tonna mandarin, 13 ming tonna banan, 3,1 ming tonna olma, 618,6 tonna kivi va 542 tonna apelsin import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-31-yanvar kunlari hududlardan jami 18,8 ming tonna, xususan, 11,5 ming tonna kartoshka, 4,8 ming tonna piyoz, 1 015 tonna karam va 15 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 409 tonna kartoshka, 1 879 tonna piyoz, 1 015 tonna karam, 603 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 28 tonna kartoshka, 1 965 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 1 005 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 346 tonna, Surxondaryo viloyatidan 314 tonna va Sirdaryo viloyatidan 207 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 2 406 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 502 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 2 481 tonna, Pokiston Respublikasidan 3 645 tonna va Eron davlatidan 2 040 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-31-yanvar kunlari jami 297,2 tonna, shu jumladan, 264,6 tonna mol go‘shti va 32,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati