Joriy yilning 1-7-fevral kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

11/02/2022 - 18:15 2939

Dehqon bozorlaridagi asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji narxlari dinamikasi kunlik monitoring qilinib borilib, ushbu davr mobaynida mahsulotlarning ulgurji narxlari o‘zgarmaganligi kuzatildi.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-7-fevral kunlari umumiy qiymati 12,7 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 mln.dollar ko‘p) jami 19,6 ming tonna (3,9 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 4,2 ming tonna karam, 2,6 ming tonna mosh, 1,7 ming tonna mayiz, 1,4 ming tonna sabzi, 1,3 ming tonnadan loviya va pomidor, 930,7 tonna uzum, 735,5 tonna anor, 634 tonna quritilgan meva, 609,3 tonna bodring, 714,3 tonna gul karam hamda 603,2 tonna ko‘katlar tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 6,2 mln.dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mln.dollar ko‘p) qiymatdagi jami 25,5 ming tonna (15,7 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 16,7 ming tonna kartoshka, 2,7 ming tonna banan, 2,2 ming tonna mandarin, 1,6 ming tonna olma, 310,5 tonna kivi va 392,1 tonna apelsin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-7-fevral kunlari hududlardan jami 4,8 ming tonna, xususan, 2,3 ming tonna kartoshka, 1,5 ming tonna piyoz, 289 tonna karam va 424 tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 113 tonna kartoshka, 434 tonna piyoz, 289 tonna karam, 165 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 727 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 332 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 113 tonna, Surxondaryo viloyatidan 106 tonna va Sirdaryo viloyatidan 40 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 496 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 139 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 441 tonna, Pokiston Respublikasidan 607 tonna va Eron davlatidan 480 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-7-fevral kunlari jami 66,4 tonna, shu jumladan, 58,5 tonna mol go‘shti va 7,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati