Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlaridan qaytgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida tahliliy ma’lumot (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra)
21/02/2022 - 11:11 4506
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan mehnat migrantlarining soni 2021-yil yakuni bo‘yicha o‘rtacha 1,5 mln kishini, ulardan 27% xotin-qizlar va 33,7% yoshlar tashkil etdi.
Xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasida 1 036 305 ta, Qozog‘iston Respublikasida 246 170 ta, Janubiy Koreya Respublikasida 39 848 ta, Turkiyada 67 030 ta, BAAda 8 010 ta va boshqa davlatlarda 143 575 ta.
2021-yil yanvar-dekabr oylarida xorijdan 502 403 nafar fuqaro tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlaridan qaytib kelgan. Ulardan 400 528 nafari (79,7%) erkaklar; 101 873 nafari (20,3%) xotin-qizlar; 164 384 nafari (32,7%) yoshlarni tashkil etgan.
2021-yil davomida xorijdan qaytgan va keta olmagan fuqarolarning 169,5 ming nafari bandligi ta’minlandi:
- 135,3 ming nafari Yagona milliy mehnat tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi;
- 23,9 ming nafari o‘zlari tanlagan kasblarga qayta o‘qitildi va malakasi oshirildi;
- 4,5 ming nafariga subsidiyalar ajratilib, tadbirkorlikka jalb qilindi;
- 5,8 ming nafariga tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyati uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratildi;
Shu jumladan:
- jami mehnat migratsiyasidan qaytgan 101,9 ming ayollardan 68,2 ming nafarining (67%) bandligi ta’minlandi ;
- jami mehnat migratsiyasidan qaytgan 164,4 ming yoshlarning 111,6 ming nafari (68%) bandligi ta’minlandi .
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati