Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
21/02/2022 - 14:49 1761
Joriy yilning 10-fevral kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov boshchiligida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida 2 ta asosiy masalalar muhokama qilindi. Xususan, kengash tarkibini kelishish hamda vazirlik tomonidan ishlab chiqilishi kutilayotgan normativ-huquqiy va idoravoy hujjatlarni muhokama qilish bo‘yicha 2022-yil I-choragiga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tasdiqlandi.