Joriy yilning 1-21-fevral kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
23/02/2022 - 12:39 2998
Ushbu davr mobaynida bozorda piyoz 550 so‘mga, sabzi (sariq va qizil) 250 so‘mga, tarvuz 6500 so‘mga, qovun 7000 so‘mga hamda kartoshka (mahalliy) 100 so‘mga oshgan.
Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-21-fevral kunlari umumiy qiymati 43,6 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 mln dollar ko‘p) jami 64,6 ming tonna (14,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 14,1 ming tonna karam, 7,7 ming tonna mosh, 5,9 ming tonna mayiz, 4,7 ming tonnadan loviya va pomidor,3,8 ming tonna quritilgan meva, 3,6 ming tonna sabzi, 2,4 ming tonna uzum, 2,0 ming tonna gulkaram, 1,9 ming tonna anor, 1,8 ming tonna yeryong‘oq va 1,5 ming tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 20,5 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 85 ming tonna (43,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 59,9 ming tonna kartoshka, 9,1 ming tonna banan, 5,2 ming tonna mandarin, 4,6 ming tonna olma, 1,0 tonna apelsin va 0,9 ming tonna kivi import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-21-fevral kunlari hududlardan jami 14,7 ming tonna, xususan, 8,1 ming tonna kartoshka, 4,4 ming tonna piyoz, 912 tonna karam va 1,3 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 307 tonna kartoshka, 1 544 tonna piyoz, 914 tonna karam, 511 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 2 033 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 797 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 320 tonna, Surxondaryo viloyatidan 303 tonna va Sirdaryo viloyatidan 194 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 669 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 432 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 860 tonna, Pokiston Respublikasidan 4 885 tonna va Eron davlatidan 930 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-21 fevral kunlari jami 261,3 tonna, shu jumladan 185,7 tonna mol go‘shti va 75,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati