Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qishloq xo‘jaligida eksport salohiyatini kengaytirish, kompleks xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlar tizimini rivojlantirish masalalari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi

28/02/2022 - 18:30 4111

Joriy yilning 23-25-fevral kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirlgi vakillari hamda mas’ul idoralar vakillari, YETTB vakili Erik Livni, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) loyiha rahbari Beate Schoreit bilan hamkorlikda Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qishloq xo‘jaligida kompleks xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlar tizimini rivojlantirish masalalari yuzasidan joylarga chiqgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng islohotlarda doirasida joriy yilda respublikaning barcha hududlarida tuman va mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, “lider” tadbirkorlar va mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikda elektron tanlov orqali aholiga ajratilgan yer maydonlaridang samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab olingandi.

O‘rganishlar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha joriy holat, xususan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda yirik tadbirkorlar bilan hamkorlik, ushbu jarayonga mahallardagi hokim yordamchilari keng jalb qilish, aholining kafolatli daromad manbaini yaratish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi va dehqonlarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash va ularning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, elektron tanlov asosida ajratilgan yer maydonlari hamda aholi tomorqalarida bir xil sifatga ega eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda sifatli urug‘lik, ko‘chat va kimyoviy vositalarni yetkazib berish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy qilish masalari keng o‘rganildi.

Shu bilan birga, ushbu ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashinish, mavjud muammolarga samarali yechim topish hamda takliflarni ishlab chiqish maqsadida 24-fevral sanasida Andijon shahrida mas’ullar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbati davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarda xalqaro darajada tan olingan sertifikatlar, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xalqaro shu jumladan “Global G.A.P.” sertifikatlari olishdagi shartlar, ularning afzalligi to‘g‘risida tushunchalarini shakllantirish, samarali kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish imkoniyati oshirish maqsadida fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi o‘rtasida urug‘larni tanlash, ekish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda hamkorlarni topish hamda halqaro standart va sertifikatlarni joriy qilish bo‘yicha o‘zaro axborot alshashuvini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, yuqoridagi masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan holda ularni samarali tashkil etishda ajratilgan yer maydonlarida ishlarni tashkil etish, aholi va dehqonlarga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha hokim yordamchilarining mas’uliyatini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududda mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi yagona konsultativ markazlarni tashkil etish va rivojlantirish belgilab olindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati