Joriy yilning 1–13-mart kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

24/03/2022 - 10:46 2519

Ushbu davr mobaynida bozorda mandarin 4 000 so‘mga, kivi 1 500 so‘mga, uzum 1 000 so‘mga, mosh 750 so‘mga, lavlagi 650 so‘mga, turp 500 so‘mga hamda guruch (alanga) 250 so‘mga arzonlashgan.

Shu bilan birga, bulg‘ori qalampiri (yashil) 9 000 so‘mga, bulg‘ori qalampiri (qizil) 6 000 so‘mga, no‘xat 3 000 so‘mga, bodring va guruch (lazer) 2 000 so‘mga, pomidor 500 so‘mga, karam 450 so‘mga hamda kartoshka (mahalliy) 150 so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–13-mart kunlari umumiy qiymati 19,8 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 574 ming dollar kam) jami 27 ming tonna (9,8 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 6,0 ming tonna karam, 3,7 ming tonna mosh, 3,3 ming tonna loviya, 2,7 ming tonna pomidor, 2,0 ming tonna mayiz1,7 ming tonna sabzi, 1,2 ming tonna quritilgan meva, 547 tonna anor, 305 tonna uzum, 513 tonna gulkaram hamda 269 tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 13,7 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 58,4 ming tonna (26 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 38,1 ming tonna kartoshka, 7,2 ming tonna banan, 5,8 ming tonna mandarin, 2,7 ming tonna olma, 508 tonna apelsin va 188 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–13-mart kunlari hududlardan jami 10,4 ming tonna, xususan, 5,3 ming tonna kartoshka3,4 ming tonna piyoz, 518 tonna karam va 1,2 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 159 tonna kartoshka, 1 120 tonna piyoz, 518 tonna karam, 426 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 2 040 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 191 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 303 tonna, Surxondaryo viloyatidan 287 tonna, Sirdaryo viloyatidan 187 tonna, Buxoro viloyatidan 19 tonna, Andijon va Xorazm viloyatlaridan 7 tonna hamda Jizzax viloyatidan 6 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 364 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 142 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 336 tonna, Pokiston Respublikasidan 3 980 tonna va Eron davlatidan 310 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 113-mart kunlari jami 178,8 tonna, shu jumladan 126,6 tonna mol go‘shti va 52,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati