Joriy yilning 1-11-aprel kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

13/04/2022 - 16:58 2316

Ushbu davr mobaynida bozorda kartoshka (import) 150 so‘mga arzonlashgan.

Shu bilan birga, piyoz 150 so‘mga, karam 250 so‘mga hamda nok (mahalliy) 2 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 111-aprel kunlari umumiy qiymati 21,5 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 mln dollar ko‘p) jami 41,6 ming tonna (5,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 12,6 ming tonna karam, 3,8 ming tonna mosh, 2,9 ming tonna loviya, 3,0 ming tonna sabzi, 2,4 ming tonna ko‘katlar, 2,1 ming tonna pomidor, 2,2 ming tonna mayiz, 2,1 ming tonna piyoz, 1,5 ming tonna gulkaram, 1,4 ming tonna turp, 1,3 ming tonna lavlagi, 1,2 ming tonna uzum, 1,1 ming tonnadan ko‘k piyoz va anor hamda 0,8 ming tonna quritilgan meva tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 7,8 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 27,4 ming tonna (7,9 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 16,7 ming tonna kartoshka, 4,0 ming tonna banan, 1,9 ming tonna olma, 1,7 ming tonna quritilgan meva, 683 tonna mandarin, 645 tonna apelsin va 221 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 111-aprel kunlari hududlardan jami 10,7 ming tonna, xususan, 4,2 ming tonna kartoshka, 4,4 ming tonna piyoz, 656 tonna karam va 1,5 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 98 tonna kartoshka, 1 625 tonna piyoz, 656 tonna karam, 360 tonna sabzi, Surxondaryodan 81 tonna kartoshka (yangi hosil), 1 771 tonna piyoz (yangi hosil), Samarqanddan 957 tonna, Qashqadaryodan 165 tonna, Surxondaryodan 192 tonna, Buxorodan 174 tonna, Jizzaxdan 164 tonna, Xorazmdan 160 tonna hamda Surxondaryodan 95 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 3 565 tonna, Erondan 190 tonna, Qozog‘istondan 164 tonna, Afg‘onistondan 46 tonna va Qirg‘izistondan 77 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 111-aprel kunlari jami 164,2 tonna, shu jumladan, 97,8 tonna mol go‘shti va 66,4 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati