Joriy yilning 1–18-aprel kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
20/04/2022 - 18:05 2576
Ushbu davr mobaynida bozorda kartoshka (import) 150 so‘mga arzonlashgan.
Shu bilan birga, karam 250 so‘mga hamda nok (mahalliy) 2 500 so‘mga oshgan.
Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–18-aprel kunlari umumiy qiymati 37,4 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 mln dollar ko‘p) jami 74 ming tonna (15,8 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 21,3 ming tonna karam, 6,7 ming tonna mosh, 4,5 ming tonna loviya, 5,0 ming tonna sabzi, 4,3 ming tonna ko‘katlar, 3,3 ming tonna pomidor, 3,6 ming tonna mayiz, 7,7 ming tonna piyoz, 2,1 ming tonna gulkaram, 2,3 ming tonna turp, 2,5 ming tonna lavlagi, 2,0 ming tonna ko‘k piyoz hamda 1,6 ming tonna quritilgan meva tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 12,3 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 46 ming tonna (14,1 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 27,5 ming tonna kartoshka, 8,4 ming tonna banan, 3,3 ming tonna olma, 1,9 ming tonna quritilgan meva, 1,1 ming tonna mandarin, 0,8 ming tonna apelsin va 351 tonna kivi import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–18-aprel kunlari hududlardan jami 18,4 ming tonna, xususan, 7,1 ming tonna kartoshka, 7,7 ming tonna piyoz, 1 040 tonna karam va 2,5 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 128 tonna kartoshka, 2 093 tonna piyoz, 1 040 tonna karam, 660 tonna sabzi, Surxondaryodan 343 tonna kartoshka (yangi hosil), 3 973 tonna piyoz (yangi hosil), Samarqanddan 1 665 tonna piyoz, Qashqadaryodan 303 tonna, Surxondaryodan 302 tonna, Andijondan 291 tonna, Buxorodan 257 tonna, Jizzaxdan 276 tonna, Xorazmdan 247 tonna hamda Sirdaryodan 146 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 6 017 tonna, Erondan 270 tonna, Qozog‘istondan 240 tonna, Afg‘onistondan 46 tonna va Qirg‘izistondan 77 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–18-aprel kunlari jami 247,8 tonna, shu jumladan, 171,9 tonna mol go‘shti va 75,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati