O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Ichki audit xizmati faoliyati to‘g‘risida
31/05/2022 - 20:47 3169
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatida Ichki audit xizmati tashkil etildi. Ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizom, xodimlar lavozim yo‘riqnomasi va Ichki audit xizmatining 2021-yil va 2022-yil uchun ish rejasi tasdiqlangan.
Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yilgi ish rejaga asosan, vazirlikning tizim tashkilotlarida audit tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, audit tadbirlari natijasida 25 ta holatda 378 311,5 ming so‘m xato va kamchiliklar aniqlangan, shundan xodimlarni oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobidan 7 ta holatda 59 310,1 ming so‘m, xodimlarga ish haqi hisobidan to‘lanadigan soliq va to‘lovlar kam hisoblanganligi sababli 2 ta holatda 21 064,6 ming so‘m, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan debitorlik qarzdorliklarni o‘z vaqtida so‘ndirilmaganligi sababli 16 ta holatda 297 936,8 ming so‘mni tashkil etgan.
Tovar-moddiy zaxiralari bo‘yicha hisobotlarni noto‘g‘ri shakllantirilishi natijasida 5 261,2 ming so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan xato va kamchiliklar tegishli tartibda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan tartibda bartaraf etildi.
Ichki audit xizmatining 2022-yil 1-chorakda audit tadbirlari vazirlikning hududiy bosh boshqarmalarida o‘tkazilgan bo‘lib, audit tadbirlari natijasida 80 ta holatda 223 913,1 ming so‘m xato va kamchiliklar aniqlangan, shundan asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda 7 ta holatda 150 603,1 ming so‘m, xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobidan 56 ta holatda 25 257,0 ming so‘m, tovar va xizmatlarni hisobini yuritishda 5 ta holatda 46 942,9 ming so‘m, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni o‘z vaqtida so‘ndirilmaganligi sababli 12 ta holatda 1 110,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zini taklif va tavsiyalarini berib kelmoqda hamda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga mehnat qonunchiligiga asosan chora ko‘rildi.