Navoiy viloyati misolida yanvar-iyun oylari uchun hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan dayjest

21/07/2022 - 15:22 2216

Aholi bandligini ta’minlash va ishsizlik darajasini qisqartirish bo‘yicha

Navoiy viloyatida yil boshida 39 ming 838 nafar ishsiz aholi hisoblangan bo‘lib, hokim yordamchilari lavozimi joriy etilgandan so‘ng, ular tomonidan o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 52 ming 862 nafar ishsiz aholi ro‘yxati shakllantirildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 82,2 ming nafar aholining bandligi ta’minlangan bo‘lib, shulardan 52,8 ming nafari hokim yordamchilari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shundan, 

·       8,6 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan;

·       0,8 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga ishga joylashtirilgan;

·       1,8 ming nafari mavsumiy ishlarga;

·       36,1 ming nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlangan;

·       1,7 ming nafari tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirilgan;

·       5,3 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishga yo‘naltirilgan.

Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda ishsizlar 34 ming nafarni tashkil etib, shundan 12,1 ming nafari hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan  va 22 ming nafari mehnat bozoriga kirib keluvchilar hisoblanadi.

Hokim yordamchisi tomonidan aniqlangan 224 nafar ishsiz fuqarolarning:

28 nafarini tadbirkorlik subyektlariga va davlat tashkilotlariga ishga joylashtirilgan;

38 nafar fuqaroni O‘zbekiston massividagi mavsumiy qurilish ishlariga;

120 nafar fuqaroni lider korxonaga kooperatsiya asosida biriktirib, parrandachilik faoliyati bilan bandligi ta’minlangan;

38 nafar ishsiz fuqarolarni ham ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Qiziltepa tumani “G‘oyibon” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan Andijon tajribasidan kelib chiqib, aholi xonadonlariga xonaki parrandalarni yetkazib berish uchun “Qiziltepa naslli parranda” MCHJ bilan birga kooperativ tashkil qilinib, ular tomonidan 120 ta xonadonlarga 12 mingta xonaki tovuq, tovuqlar uchun katak va ozuqa-yem yetkazib berildi.

Xonadonlarda yetishtirilgan tuxumlar kooperativ tadbirkor tomonidan sotib olinib, dehqon bozorlarida alohida ular uchun ajratilgan joylarda sotilmoqda.

Tadbirkorlik

Xatlov davomida mahallada 120 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritayotganligi aniqlangan. Hozirgi kunda 6 ta yangi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Ushbu yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari mahalla hududidan o‘tuvchi “M-37” magistral yo‘li yoqasida yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish do‘konlari orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bundan tashqari, “M-37” magistral yo‘li yoqasida:

·       18 ta yengil konstruksiyali oziq-ovqat savdo do‘koni;

·       3 ta avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi;

·       4 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasi;

·       1 ta sartaroshxona va go‘zallik saloni;

·       2 ta qurilish materiallari savdo do‘koni faoliyat olib bormoqda.

Navoiy shahri “Ziyokor” mahallasida ishsizlik darajasi 9,9 foizdan 0,8 foizga;

Zarafshon shahri “Muruntov” mahallasida ishsizlik darajasi 10,0 foizdan 5,9 foizga;

Tomdi tumani “Kegertau” mahallasida ishsizlik darajasi 8,7 foizdan 6,6 foizga;

Karmana tumani “Talqoq” mahallasida ishsizlik darajasi 10,6 foizdan 1,2 foizga;

Nurota tumani “Oqmachit” mahallasida ishsizlik darajasi 16,3 foizdan 4,4 foizga;

Xatirchi tumani “Tasmachi” mahallasida ishsizlik darajasi 24,6 foizdan 3,5 foizga;

Navbahor tumani “Keskanterak” mahallasida ishsizlik darajasi 19,9 foizdan 2,6 foizgacha kamaytirildi.

Aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha

Viloyat bo‘yicha yanvar-may oylarida 5 306 nafar aholi kasb-hunarga o‘qitildi.

Shundan:

·       Bandlik boshqarmasi tizimidagi monomarkaz va ta’lim muassasalari tomonidan o‘qitilayotgan aholi soni 2382 nafarni;

·       Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘qitilayotganlar soni 531 nafarni;

·       Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan o‘qitilayotganlar soni 614 nafarni;

·       Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan o‘qitilayotganlar soni 1779 nafarni tashkil etmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati