Surxondaryo viloyati bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan 2022 yil yanvar–iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida dayjest
15/08/2022 - 10:25 2233
721 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.
491 ming 660 ta xonadonlarning 491 ming 660 tasi (100 foizi) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi:
- 37 148 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishda harakat qilayotgan xonadonlar, 7,8 foiz);
- 254 464 ta xonadon ikkinchi toifaga (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 51,9 foiz);
- 35 850 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 7,3 foiz);
- 163 198 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 33,2 foiz) kiritildi.
Xatlovlar natijalariga ko‘ra:
“Onlayn-mahalla” platformasiga 491 660 ta xonadon (100 foiz) kiritilgan.
Aholi xonadonlaridan 70 995 ta turli muammo va takliflar aniqlangan.
Shuningdek,
- 87 314 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
- 65 634 nafar ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar;
- 29 565 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
- 35 460 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
- 35 535 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
- 4 576 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
- 38 452 nafar nogironligi mavjud xonadon a’zolari aniqlangan.
Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:
mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 111 939 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Xususan,
- 5 608 nafar fuqaro tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;
- 53 455 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;
- 24 823 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;
- 2 226 nafar fuqaro hunarmandchilik uyushmasiga a’zo qilindi;
- 6 705 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;
- 7 802 nafar fuqaro shaxsiy tomorqasi orqali band qilindi;
- 2 955 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb qilindi;
- 8 365 nafar fuqaro boshqa sohalarda ishga jalb etildi.
Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 29 ming 565 nafar fuqarodan 9 ming 45 nafari:
- Bandlik boshqarmasi;
- Savdo-sanoat palatasi;
- Tadbirkorlik asoslari maktabi;
- Oliy biznes maktabi;
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitilib, ularga tadbirkorlik qilishlari uchun kredit va subsidiyalar ajratish choralari ko‘rilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami 850 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.
Bugungi kunda, 24 367 nafar fuqaroga 648,8 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.
Shundan,
- tijorat banklari tomonidan 15 625 nafar fuqaroga 418,7 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan.
- Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 5 847 gektar yer maydonlari 36 949 ta lotlarga ajratilib, “e-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.
Hozir kunda,
- 5 605 gektar yer maydoni 28 446 ta lotlarga (96,1 foiz) ajratilib, auksion savdolariga qo‘yilgan.
- 24 917 ta lotlarga ajratilgan 4 784 gektar yer maydonlari (88 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “e-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz, sabzavot va boshqa ekin mahsulotlarini ekish ishlari olib borishmoqda.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” turgan
11 493 nafar fuqaroga 4 051 gektar yer maydonlari ajratilib, doimiy daromad manbai bo‘lishiga erishildi.
Viloyat bo‘yicha jami 420 791 bosh parranda, qo‘y, echki, quyon va asalari uyasi aholi xonadonlariga tarqatildi.
Jumladan,
- 594 300 bosh parranda tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
- 395 565 bosh (66,5 foiz) tarqatilgan;
- 11 869 bosh qo‘y va echki tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
- 9 343 bosh (47,5 foiz) tarqatilgan;
- 14 796 bosh quyon tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
- 8 963 bosh (60,6 foiz) tarqatilgan;
- 6 251 ta asalari uyasi tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
- 6 920 ta (110,7 foiz) tarqatilgan.
Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan o‘tkazilgan xatlovda aniqlangan 194 ta mahallalardagi 332 ta xonadonga 421 ta inkubatorlar tarqatilgan.
Bundan tashqari, 25 740 sotix yer maydonida aholi xonadonlarida ixcham issiqxonalar qurilgan bo‘lib, ushbu issiqxonalar qurilishi natijasida 9 670 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Joriy yilning yanvar–iyun oylarida 2 432 nafar kichik biznes subyektlarini tashkil etish belgilangan.
Bugungi kunda:
- 2 432 nafar (100 foiz) yangidan kichik biznes va 7 962 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati