OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

30/08/2022 - 08:29 3522

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 29-avgustdan 7-sentabrgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

 

 

 

 

DАVLАT KORXONАLАRI VА TIJORАT BАNKLАRI TRАNSFORMАTSIYASI VА XUSUSIYLАSHTIRISH MАSАLАLАRI BO‘YICHА VАZIR MАSLАHАTCHISI

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish yo‘nalishlaridan birida oliy maʼlumotga ega bo‘lish.
  2. Iqtisodiyot, moliya, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda biznesni boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida kamida 10 yillik ish stajiga, shu jumladan, rahbar lavozimida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
  3. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznesni boshqarish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiyaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilish.
  4. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznesni boshqarish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi.
  5. Davlat ulushini sotishdan oldin tayyorlash, shu jumladan, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va samarali mexanizmlarni joriy etish uchun xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tajribasi mavjudligi.
  6. Iqtisodiy, moliyaviy tahlil bo‘yicha malaka va ko‘nikmaga ega, xususan, tadbirkorlik va biznesni boshqarish yo‘nalishi, xususiylashtirish va transformatsiya faoliyatiga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olish, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi.
  7. Tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish.
  8. O‘zbek tilini mukammal, ingliz va rus tillarini yuqori darajada bilish.

Vazifalar:

– davlat korxonalari va tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, shuningdek, davlat korxonalari va tijorat banklarini bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali ulardagi davlatning ulushini kamaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda uslubiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;

– davlat korxonalari va tijorat banklarining kompleks transformatsiyasi va xususiylashtirishda mavjud tartibga soluvchi, maʼmuriy hamda boshqa to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, ularning transformatsiyasi va xususiylashtirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

– vazirlikning tarkibiy bo‘linma va tizim tashkilotlarining xalqaro standart talablariga javob beradigan davlat korxonalari va tijorat banklarining transformatsiyasi va xususiylashtirish choralarini ishlab chiqish faoliyatini muvofiqlashtirish;

– davlat korxonalari va tijorat banklarining kompleks transformatsiyasi va xususiylashtirishni miqdoriy tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etish;

– davlat korxonalari va tijorat banklarining transformatsiyasi va xususiylashtirish masalalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat, ilmiy va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– tegishli davlat tashkilotlari bilan davlat korxonalari va tijorat banklarini transformatsiyasi va xususiylashtirish holatini baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish.

NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARINI ISHLAB CHIQARISHNI VA SANOATNING YANGI YO‘NALISHLARINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

QURILISH MATERIALLARI SANOATINI VA YANGI YO‘NALISHDAGI ISHLAB CHIQARISHLARNI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI BOSHLIG‘I O‘RINBOSARI

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiy, ishlab chiqarish va sanoat yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan, sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha strategiya, dasturlar joriy qilish, ichki va tashqi bozorda yuqori talabli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi yo‘nalishdagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  2. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoatning tegishli yo‘nalishlariga  taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  3. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtayi nazaridan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
  4. Sanoatning tegishli yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  5. Sanoatning tegishli yo‘nalishlariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  6. Sanoatning tegishli yo‘nalishlarida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

XIZMATLAR SOHASIDA INFRATUZILMA LOYIHALARI VA MASTER-REJALARNI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI BOSHLIG‘I

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, arxitektura yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, hududlarni rivojlantirish, rejalashtirish va arxitektura qiyofasini yaxshilash yo‘nalishida vazirlik va idoralar kamida 10 yillik ish stajiga ega hamda 3 yil rahbar lavozimida ishlagan bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  3. Hududlarni, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish, hududlarning bosh rejalari va master-rejalarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  4. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirish bo‘yicha master-rejalarni ishlab chiqish, infratuzilma loyihalarini shakllantirish hamda moliyalashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash hamda xalqaro moliya institutlari va  tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  5. Amaldagi shaharsozlik hujjatlarini va ularni ishlab chiqish tartibini, shuningdek, shaharsozlik va qurilish qoidalari va normalarini bilishi;
  6. Hududlarning master-rejalariga muvofiq infratuzilma loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish, ushbu jarayonlarda vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishi.
  7. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyatli bo‘lish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
  8. O‘zbek tilini mukammal, xorijiy tillarni, jumladan, rus va ingliz tillarini bilgan (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan) hamda iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tagan va malaka oshirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublikada hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar berish;
  2. Investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyati yuqori hamda bo‘sh yer uchastkalari mavjud hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish;
  3. O‘zbekistonda hududlarni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, hududlar master-rejalarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish;
  4. Hududlarning master-rejalarini ishlab chiqishni va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar, jumladan, xalqaro moliya institutlaridan pul mablag‘larini jalb qilish;
  5. Hududlarning master-rejalari asosida infratuzilma va xizmat ko‘rsatish loyihalari hamda dasturlarini shakllantirish va ularni monitoring qilish;
  6. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda xalqaro avtomobil yo‘llari, shuningdek, avtomobillar harakati yuqori bo‘lgan yo‘llar bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyalari va master-rejalarini, ularda xizmat-savdo obyektlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqish;
  7. Hududlarda, ayniqsa, turistik salohiyati yuqori hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish asosida ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  8. Master-rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, loyiha institutlari, mahalliy hokimliklar va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda ishlashi lozim bo‘ladi.