Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida

30/09/2022 - 19:18 2831

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda faol qo‘llanilishini rag‘batlantirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi doirasida vazirlik va idoralar faol qatnashmoqdalar.

Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida ham ushbu tanlov shartlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantirilgan Ishchi guruh a’zolari o‘rganish olib borishdi. Unda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish ishlari bilan devonxona faoliyatidagi buyruq, xat va hujjatlarni ko‘zdan kechirishdi. Davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish, uning nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi. 

Komissiya a’zolari vazirlik faoliyatida davlat tili bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalarni atroflicha o‘rganib, taklif va mulohazalar bildirishdi.

 

Shuhrat ISLOMOV,

Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi xodimi