Joriy yilning 1–25-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

28/09/2022 - 16:42 2115

Ushbu davr mobaynida bozorda piyoz 500 so‘mga va limon 14 000 so‘mga, tarvuz 250 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, apelsin, bodring va kivi 2 500 so‘mga, pomidor (qizil) 1 250 so‘mga, pomidor (pushti), guruch (lazer) 1 000 so‘mga, lavlagi, bulg‘or qalampiri (qizil) 750 so‘mga hamda kartoshka (import) 600 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–25-sentabr kunlari umumiy qiymati 86,3 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,3 mln AQSH dollari ko‘p) jami 108,4 ming tonna (9,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 53 ming tonna uzum, 9,4 ming tonna xurmo, 7,5 ming tonna qovun, 4,5 ming tonna loviya, 3,6 ming tonna quritilgan meva, 3,4 ming tonna anor, 3 ming tonna mayiz, 2,2 ming tonnadan nok va piyoz, 1,7 ming tonna pomidor hamda 1,2 ming tonnadan ko‘kat va olxo‘ri tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 8,3 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mln AQSH dollari ko‘p) qiymatdagi jami 43,9 ming tonna (23,9 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 23 ming tonna banan, 15,6 ming tonna kartoshka, 243,4 tonna apelsin hamda 133 tonnadan limon va mandarin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–25-sentabr kunlari hududlardan jami 26,7 ming tonna, xususan, 12,2 ming tonna kartoshka, 11 ming tonna piyoz, 788 tonna karam va 2,7 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Samarqanddan 4 980 tonna, Toshkent viloyatidan 1 243 tonna va Namangandan 49 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 6 166 tonna, Jizzaxdan 4 418 tonna va Samarqanddan 274 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 788 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 914 tonna, Sirdaryodan 442 tonna, Andijondan 368 tonna, Farg‘onadan 323 tonna, Surxondaryodan 261 tonna, Qashqadaryodan 257 tonna va Jizzaxdan 171 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 5 806 tonna kartoshka va 177 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–25-sentabr kunlari jami 284,3 tonna, shu jumladan, 246,4 tonna mol go‘shti va 37,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati