OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
12/10/2022 - 11:30 3313
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 11-oktabrdan 20-oktabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning monitoringi va aholi turmush darajasini tahlil qilish boshqarmasi
boshlig‘i – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlarga afzallik beriladi) ega bo‘lishi;
- Vazirlik va idoralarda iqtisodiyot hamda makroiqtisodiy prognozlashtirish yo‘nalishida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA), Rivojlanishni moliyalashtirishni baholash (DFA) tizimlaridan malakaga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish va Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- Xalqaro moliya institutlari, xususan Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xorijiy tashkilotlarning ekspertlari bilan birgalikda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohot va amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirlarini baholash, ularni prognoz qilish ko‘nikmasining mavjudligi;
- Jamoada ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlay olishi;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sifat omillari va strategik rivojlanish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda strategik rivojlanish yo‘nalishiga taalluqli hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va vakolati doirasida takliflar kiritib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli aholi daromadlari prognozlarini ishlab chiqish;
- Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning monitoringini yuritish va aholi turmush darajasi sohalarida vaziyatni o‘rganish natijalari asosida, mavjud muammolarini aniqlash, muvozanatni ta’minlash uchun aniq yo‘nalishlarni va choralarni belgilash, rahbariyatga hisobotlarni taqdim etish;
- Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning monitoringi yuritish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlash va aholi turmush darajasini tahlil qilish va prognozlashda AKT-texnologiyalarga asoslangan usullarni joriy etish;
- Boshqarmaning faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazish;
- Boshqarmaning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish va tushuntirishlar tayyorlash;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha quyi tuzilmalarga maslahat va metodik yordam ko‘rsatish;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
10. Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda doimiy ravishda ishlash va hamkorlik olib borish.