Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida viloyat iqtisodiy majmua xodimlari hamda oila va xotin-qizlar komissiyalari vakilalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

17/10/2022 - 17:42 849

Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida viloyat iqtisodiy majmua xodimlari hamda oila va xotin-qizlar komissiyalari vakilalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva qatnashchilarni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi v.v.b. Obiddin Mahmudov so‘z oldi.

Notiq milliy tilda millat ruhi, uning boy tarixiy qiyofasi, qadriyatlar, sobit e’tiqodlar aks etishi yurt farovonligining ustunidir. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Shu boisdan, ona tilini asrab-avaylash, uning mavqeini yanada mustahkamlash, rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida qaralib kelinadi. 

Tadbirga taklif etilgan aziz mehmonlar – falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi moderator Jamila Shermuhammedova til, uning ma’lum bir millat o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagida tutgan o‘rni va roli haqidagi fikr-mulohazalarini eshitdilar.

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova “O‘zgalar dardi” spektaklidan kichkinagina sahna ko‘rinishini ijro etib, berdi hamda o‘zining uzoq yillik hayot tajribasidan kelib chiqib, o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabat haqida so‘zladi.

 

Tadbir yakunida hududiy boshqarmada davlat tilida ish yuritishni to‘laqonli tashkil etish maqsadida Ma’naviyat va Davlat tilini rivojlantirish departamentining “Davlat tilida ish yuritish” kitobi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining “Vazirlik tizimida o‘zbek tilida ish yuritish uchun qoidalar qo‘llanmasi”ning taqdimoti o‘tkazilib, qatnashchilarga tarqatildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati