OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
20/10/2022 - 15:32 3980
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yi19-oktabrdan 28-oktabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATINI YURITISH VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Davlat investitsiya dasturlarini yig‘ma tahlil boshqarmasi yetakchi mutaxassisi – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga (magistr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlarga afzallik beriladi) ega bo‘lishi;
- Iqtsodiyot sohasida (sektorida) kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati (MS Excel, MS Office, MSPower Point, elektron axborot tizimlarini boshqara olish);
- Kreativ, tanqidiy, srategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal, xorijiy (rus va ingliz) tillarni yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 5,5 ball), nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olgan nomzodlar yuqori baholanadi).
Vazifalar:
- Davlat investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bo‘yicha maʼlumotlarni to‘plash, tahrir qilish.
- To‘plangan maʼlumotlar asosida yig‘ma axborot shakllantirish, ular asosida hisobotlar tayyorlash.
- Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish.
- Boshqarma bo‘yicha hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar aylanish tizimlarini yuritish, xat-hujjatlarni tartibli yuritilishi va saqlanishini taʼminlash.
- Boshqarma tomonidan tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat organlariga yuborilgan xatlar (hujjatlar) bo‘yicha taqdim etilgan maʼlumotlar va javob xatlarini umumlashtirish.
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish.
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
- Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash.
- Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash
MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish boshqarmasi
Bosh mutaxassisi – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar ijobiy baholanadi).
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
- Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlish.
- Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni bazaviy tahlil qilish hamda prognozlashtirish qobiliyatiga ega boʻlish.
- Mikro va makroiqtisodiy nazariyalar, va ularning o‘zaro bog‘liqliklari haqida bilimga ega boʻlish va ularni amaliyotda tatbiq etish.
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati boʻlishi.
- Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish.
- Jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi.
- Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirishda statistik ma’lumotlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlish.
- Oʻzbek, rus va ingliz (xorijiy tilni oʻzlashtirish darajasi sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar ijobiy baholanadi) tillarini bilishi.
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
Vazifalar:
- Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va doimiy tahlilini yuritishda ishtirok etish.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ishtirok etish.
- Inflyatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Iqtisodiyotning real, fiskal, monetar va tashqi sektorlar holati bo‘yicha doimiy tahlil yuritish hamda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ishtirok etish.
- Xalqaro tajriba asosida makroiqtisodiy dasturlash, modellashtirish orqali qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda ishlashda ishtirok etish.
- Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
- Boshqarmaga tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borishda ishtirok etish.
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qaror va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish boshqarmasi
Yetakchi mutaxassisi – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
1.Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlish.
2.Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qoʻllash
koʻnikmalariga ega boʻlish.
3.Makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni bazaviy tahlil qilish hamda prognozlashtirish
qobiliyatiga ega boʻlish.
4.Mikro va makroiqtisodiy nazariyalar, va ularning oʻzaro bogʻliqliklari haqida
bilimga ega boʻlish va ularni amaliyotda tatbiq etish.
5.Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati boʻlishi (Microsoft Word,
Excel ва Power Point).
6.Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish.
- Jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi.
8.Oʻzbek, rus va ingliz tillarini bilishi.
9.Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor
boʻlishi va ular boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini
chuqur anglay olishi.
Vazifalar:
1.Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va doimiy
tahlilini yuritishda ishtirok etish.
2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik
va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda
ishtirok etish.
3.Iqtisodiyotning real, fiskal, monetar va tashqi sektorlar holati bo‘yicha
doimiy tahlili yuritish hamda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
4.Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ishtirok etish.
5.Xalqaro tajriba asosida makroiqtisodiy dasturlash, modellashtirish orqali
qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
6.Xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda
ishlashda ishtirok etish.
- Boshqarmaga tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borishda ishtirok etish.
8.Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qaror va boshqa meʼyoriy
hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
Strategik rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda uzoq muddatli o‘sish omillarini tahlil qilish boshqarmasi Yetakchi mutaxassisi – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlish.
- Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlish.
- Makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni bazaviy tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlish.
- Mikro va makroiqtisodiy nazariyalar, va ularning oʻzaro bogʻliqliklari haqida bilimga ega boʻlish va ularni amaliyotda tatbiq etish.
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati boʻlishi (Microsoft Word, Excel ва Power Point).
- Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish.
- Jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi.
- Oʻzbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi.
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor boʻlishi va ular boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
Vazifalar:
1.Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va doimiy tahlilini yuritishda ishtirok etish.
2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda ishtirok etish.
3.Iqtisodiyotning real, fiskal, monetar va tashqi sektorlar holati bo‘yicha
doimiy tahlili yuritish hamda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
4.Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ishtirok etish.
5.Xalqaro tajriba asosida makroiqtisodiy dasturlash, modellashtirish orqali qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
6.Xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda ishlashda ishtirok etish.
7.Boshqarmaga tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab
borishda ishtirok etish.
8.Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qaror va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.