Shahrisabz va Qamashi tumanlari master-rejalarini xalqaro tashkilot va moliya institutlari ko‘magida amalga oshirish muhokama etildi

25/10/2022 - 11:39 1600

2022-yil 24-oktabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ishtirokida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Qamashi tumanlarining master-rejalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida O‘zbekistondagi xalqaro donor tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi, YeTTB, Fransiya taraqqiyot agentligi, Germaniyaning “KFW” banki, Yevropa Ittifoqi, Yaponiyaning “JAICA” agentligi, Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Shahrisabz va Qamashi tumanlarining master-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, asosiy natijalar va xulosalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda ushbu tumanlarning salohiyatini bir biriga bog‘liq holda, ya’ni klaster usulida rivojlantirish, organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, barcha sohalarga axborot texnologiyalarini joriy qilish, bilimga asoslangan xizmatlar va turizmni rivojlantirish, logistika xizmatlarini ko‘rsatish, internet sifatini yaxshilash va boshqa yo‘nalishlar muhokama etildi. 

Master rejalarni amalga oshirishga donor tashkilotlar tomonidan yuqori qiziqish bildirilib, ular bilan birgalikda ushbu hududlarda mos yo‘nalishlarni tanlab, pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati