OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA 1 TA VAKANT LAVOZIMGA ILK MAROTABA ICHKI TANLOV E'LON QILINDI
08/11/2022 - 11:26 3393
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 8-noyabrdan 12-noyabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
VAZIRNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH, DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHISI LAVOZIMIGA ICHKI TANLOV E'LON QILINDI.
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- iqtisodiyot, moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish;
- iqtisodiyot, moliya bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida kamida 10 yillik ish stajiga, shu jumladan, rahbar lavozimida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar metodikasi hamda davlat tilida ish yuritish to‘g‘risida malaka sertifikatlariga ega bo‘lish;
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi bo‘lish;
- ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim yo‘nalishlarida taqdirlangan, iqtisodiyot sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
- ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda kitoblar muallifi bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi;
- o‘zbek tilini mukammal darajada bilish.
Vazifalar:
- vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot bosh boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishiga, shuningdek, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini o‘rganish, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;
- vazirlik markaziy apparati, shuningdek, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
- ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
- vazir maslahatchisi vakolatiga kiritilgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha vazirga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
- vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar va idoralarda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmon va qarorlariga muvofiq ish yuritilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;
- vazirlik markaziy apparati, shuningdek, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
- vazirlik markaziy apparati, shuningdek, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarida xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
- geografik va boshqa toponimik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish
va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
- hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;
- vazirlik tizimidagi tashkilotlarda davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.