Joriy yilning 1–6-noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

09/11/2022 - 09:59 1851

Ushbu davr mobaynida bozorda kivi 6 000 so‘mga, uzum 1 500 so‘mga guruch (lazer) 1 000 so‘mga arzonlagan.

Shuningdek, sarimsoq piyoz 4 250 so‘mga, banan va mandarin 2 500 so‘mga, no‘xat 2 000 so‘mga, pomidor 1 500 so‘mga, bodring 750 so‘mga, baqlajon 600 so‘mga, sabzi (qizil) 500 so‘mga, kartoshka (mahalliy), karam, sabzi (sariq) 250 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 29,3 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 mln dollar ko‘p) jami 41,4 ming tonna (7,6 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 11,1 ming tonna uzum, 6,8 ming tonna xurmo, 5,7 ming tonna mosh, 3,2 ming tonna loviya, 1,6 ming tonna piyoz, 1,4 ming tonna quritilgan meva, 1,1 ming tonna mayiz hamda 1 ming tonnadan pomidor va gulkaram tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 3,4 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 354 ming dollar ko‘p) qiymatdagi jami 17 ming tonna (1,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 12,4 ming tonna kartoshka, 2,8 ming tonna banan, 184 tonna mandarin152 tonna kivi hamda 66 tonna apelsin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 4,3 ming tonna, xususan, 2,2 ming tonna kartoshka, 1,5 ming tonna piyoz142 tonna karam va 425 tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 367 tonna, Toshkent viloyatidan 259 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 540 tonna, Jizzaxdan 512 tonna va Samarqanddan 458 tonna piyoz

Toshkent viloyatidan 142 tonna karam;

Qashqadaryodan 201 tonna, Buxorodan 99 tonna, Toshkentdan 88 tonna, Surxondaryodan 23 tonna, Farg‘onadan 14 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 1 378 tonna, Qirg‘izistondan 168 tonna va Pokistondan 24 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 78,5 tonna, shu jumladan 71,3 tonna mol go‘shti va 7,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati