Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 2022-yilning 10 oylik sarhisobi

11/11/2022 - 12:17 1620

Jamg‘arma 2 turdagi moliyaviy yordam ko‘rsatadi: Kafillik va kompensatsiya.

Jamg‘arma 10 oy mobaynida jami 4 549 ta loyihaga qariyb 1 trln 552 mlrd so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha majburiyat olgan, jumladan, kafillik bo‘yicha 1 257 ta loyihaga – 1 048 mlrd so‘m, kompensatsiya bo‘yicha 3 292 ta loyihaga – 504 mlrd so‘m va tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 36 630 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Sohalar kesimida 2022-yil 1-noyabr holatiga:

-  qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha – jami 27 581 ta loyihaga 7,5 trln so‘mdan ortiq moliyaviy yordam ko‘rsatilgan va 153 761 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan;

sanoat sohasi bo‘yicha – 5 731 ta loyihaga qariyb 2,8 trln so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatilgan va 90 065 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan;

-  xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha – 8 368 ta loyihaga 3,0 trln so‘mdan ortiq moliyaviy yordam ko‘rsatilgan va 65 574 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan;

- boshqa sohalar bo‘yicha esa – 6 716 ta loyihaga 3,0 trln so‘mdan ortiq moliyaviy yordam ko‘rsatilgan va 70 028 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Jamg‘armaning kelgusi 4 yillik prognoz ko‘rsatkichlari va tahlil natijalariga ko‘ra, 2023–2026-yillar davomida kompensatsiya majburiyatlari yiliga o‘rtacha 1,3 barobar o‘sishi prognoz qilingan.

Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga kompensatsiya va kafillik tijorat banklarining faqat milliy valyutadagi kredit (lizing)lari uchun beriladi.

Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya yordami 5 mlrd so‘mdan va foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 barovaridan oshmagan, ya’ni hozirda Markaziy bank asosiy stavkasi 15% deb belgilangan bo‘lsa, 1,5 barobari 22,5%ga to‘g‘ri keladi va 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

Kafillik yordami tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning 50% gacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

Moliyaviy yordamlar faqat bitta loyihaga tatbiq etiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati