Joriy yilning 1–13-noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
17/11/2022 - 12:33 1958
Ushbu davr mobaynida bozorda kivi 6 000 so‘mga, uzum 1 500 so‘mga guruch (lazer) 1 000 so‘mga arzonlagan.
Shuningdek, sarimsoq piyoz 4 250 so‘mga, banan va mandarin 2 500 so‘mga, no‘xat 2 000 so‘mga, pomidor 1 500 so‘mga, bodring 750 so‘mga, baqlajon 600 so‘mga, sabzi (qizil) 500 so‘mga, kartoshka (mahalliy), karam, sabzi (sariq) 250 so‘mga oshgan.
Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 124,9 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70,2 mln AQSH dollari ko‘p) jami 177,2 ming tonna (103,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 46,3 ming tonna uzum, 26 ming tonna xurmo, 21,7 ming tonna mosh, 14 ming tonna loviya, 11,6 ming tonna piyoz, 6 ming tonna quritilgan meva, 4,7 ming tonna turp, 4,6 ming tonnadan mayiz va pomidor hamda 3,5 ming tonna ko‘k piyoz, 3,2 ming tonnadan ko‘kat va yeryong‘oq tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 16,6 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 ming AQSH dollari ko‘p) qiymatidagi jami 77,7 ming tonna (36,7 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 57,3 ming tonna kartoshka, 13,9 ming tonna banan, 847 tonna mandarin, 508,2 tonna kivi hamda 571,2 tonna apelsin import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 10 ming tonna, xususan, 5,2 ming tonna kartoshka, 3,5 ming tonna piyoz, 295 tonna karam va 986 tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:
Samarqanddan 871 tonna, Toshkent viloyatidan 532 tonna kartoshka;
Jizzaxdan 1 280 tonna, Samarqanddan 1 224 tonna va Toshkent viloyatidan 1 042 tonna piyoz;
Toshkent viloyatidan 295 tonna karam;
Qashqadaryodan 482 tonna, Buxorodan 212 tonna, Toshkentdan 177 tonna, Surxondaryodan 87 tonna va Farg‘onadan 28 tonna sabzi yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 3 164 tonna, Qirg‘izistondan 552 tonna va Pokistondan 57 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 187,2 tonna, shu jumladan, 170,5 tonna mol go‘shti va 16,7 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati