Joriy yilning 1–20-noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

23/11/2022 - 18:08 1703

Ushbu davr mobaynida bozorda ananas 27 500 so‘mga, kivi 14 000 so‘mga, nok (mahalliy) 6 000 so‘mga, apelsin va limon 4 000 so‘mga, mandarin 3 000 so‘mga, nok (import) va banan 2 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri 1 500 so‘mga arzonlagan.

Shuningdek, bodring 6 250 so‘mga, pomidor (pushti) 2 500 so‘mga, guruch (alanga) va tarvuz 2 250 so‘mga, uzum, mosh, no‘xat 2 000 so‘mga, pomidor (qizil), bulg‘or qalampiri (yashil), loviya 1 500 so‘mga, sarimsoq piyoz 1 000 so‘mga, baqlajon 600 so‘mga, sabzi (qizil), lavlagi 500 so‘mga, kartoshka (mahalliy), sabzi (sariq) 250 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 90,7 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,8 mln AQSH dollari ko‘p) jami 128,5 ming tonna (23,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 32,2 ming tonna uzum, 18,2 ming tonna xurmo, 16,2 ming tonna mosh, 10 ming tonna loviya, 9,5 ming tonna piyoz, 4,5 ming tonna quritilgan meva, 3,7 ming tonna turp, 3,4 ming tonna pomidor, 2,9 ming tonna gulkaram, 2,5 ming tonna ko‘k piyoz tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 13,7 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 ming AQSH dollari ko‘p) qiymatidagi jami 62,1 ming tonna (3,7 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 45,4 ming tonna kartoshka, 9,7 ming tonna banan, 1,2 ming tonna mandarin, 328,2 tonna kivi hamda 423,8 tonna apelsin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 15,3 ming tonna, xususan, 8 ming tonna kartoshka, 5,3 ming tonna piyoz, 451 tonna karam va 1,5 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Samarqanddan 1 543 tonna, Toshkent viloyatidan 786 tonna kartoshka;

Jizzaxdan 1 996 tonna, Samarqanddan 1 767 tonna va Toshkent viloyatidan 1 551 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 451 tonna karam;

Qashqadaryodan 732 tonna, Buxorodan 299 tonna, Toshkentdan 258 tonna, Surxondaryodan 166 tonna va Farg‘onadan 28 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 4 825 tonna, Qirg‘izistondan 766 tonna va Pokistondan 120 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 294,2 tonna, shu jumladan, 264,4 tonna mol go‘shti va 29,8 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati