OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA VAKANT LAVOZIMGA ICHKI TANLOV E'LON QILADI
28/11/2022 - 17:38 2186
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 28-noyabrdan 3-dekabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
ISHLAR BOSHQARMASI BOSH MUTAXASSISI LAVOZIMIGA ICHKI TANLOV E'LON QILINDI.
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
1.Iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar ijobiy baholanadi).
2.Iqtisodiyot yo‘nalishida kamida mutaxassis lavozimida (vazirlik va qo‘mitalar) 1 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
3.Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
4.Davlat xaridlari yo‘nalishida kamida 1 yillik malakaga ega bo‘lish.
5.Ijro intizomi va kirish-chiqish xatlari ustida ishlash.
6.Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lish.
7.Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
8.Jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
9.O‘zbek, rus va ingliz (xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasi sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ijobiy baholanadi) tillarini bilish.
10.Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Vazifalar:
- Davlat xaridlari platformasida ishlash lotlarini qo‘yish, ularning to‘g‘riligiga javob berish, O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlari ishlarini yuritish.
- Iqtisodiyotning real, fiskal, monetar va tashqi sektorlar holati bo‘yicha doimiy tahlil yuritish hamda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Asosiy vositalarni qabul qilish, ularning butligini ta’minlash.
- Boshqarmaga tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borishda ishtirok etish.
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qaror va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.