Joriy yilning 1–27-noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
30/11/2022 - 14:29 3055
Ushbu davr mobaynida bozorda ananas 27 500 so‘mga, kivi 14 000 so‘mga, nok (mahalliy) 6 000 so‘mga, apelsin va limon 4 000 so‘mga, mandarin 3 000 so‘mga, nok (import) va banan 2 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri 1 500 so‘mga arzonlagan.
Shuningdek, bodring 6 250 so‘mga, pomidor (pushti) 2 500 so‘mga, guruch (alanga) va tarvuz 2 250 so‘mga, uzum, mosh, no‘xat 2 000 so‘mga, pomidor (qizil), bulg‘or qalampiri (yashil), loviya 1 500 so‘mga, sarimsoq piyoz
1 000 so‘mga, baqlajon 600 so‘mga, sabzi (qizil), lavlagi 500 so‘mga, kartoshka (mahalliy), sabzi (sariq) 250 so‘mga oshgan.
Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 119,1 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
12,1 mln AQSH dollari ko‘p) jami 165,1 ming tonna (25,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 39,2 ming tonna uzum, 23,7 ming tonna xurmo, 23 ming tonna mosh, 13,2 ming tonna loviya, 10,3 ming tonna piyoz, 5,9 ming tonna quritilgan meva, 5,2 ming tonna mayiz, 4,9 ming tonna pomidor, 4,5 ming tonna turp, 3,7 ming tonna gulkaram, 3,3 ming tonna ko‘k piyoz tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 19,8 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 ming AQSH dollari ko‘p) qiymatidagi jami 90,1 ming tonna (11,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 66,6 ming tonna kartoshka, 12 ming tonna banan, 2 ming tonna mandarin, 626,2 tonna kivi hamda 674 tonna apelsin import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 20,1 ming tonna, xususan, 10,4 ming tonna kartoshka, 7,2 ming tonna piyoz, 616 tonna karam va 1,9 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:
Samarqanddan 2 175 tonna, Toshkent viloyatidan 1 124 tonna kartoshka;
Jizzaxdan 2 688 tonna, Samarqanddan 2 395 tonna va Toshkent viloyatidan 2 071 tonna piyoz;
Toshkent viloyatidan 616 tonna karam;
Qashqadaryodan 912 tonna, Buxorodan 380 tonna, Toshkentdan 315 tonna, Surxondaryodan 260 tonna va Farg‘onadan 28 tonna sabzi yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 5 708 tonna, Qirg‘izistondan 1 144 tonna va Pokistondan 120 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 386,1 tonna, shu jumladan, 348,8 tonna mol go‘shti va 37,3 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati