OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA VAKANT LAVOZIMGA ICHKI TANLOV E’LON QILINADI
01/12/2022 - 14:46 3429
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish toʻgʻrisida”gi Tartib asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 1-dekabrdan 6-dekabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi (6 ta mezon asosida), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
BUYURTMACHI XIZMATLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA MONITORINGINI YURITISH DEPARTAMENTI
Departament direktori vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya yoki qurilish yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, davlat boshqaruvi organlarida va iqtisodiyot kompleksidagi investitsiya yo‘nalishida kamida 12 yillik, shuningdek, kapital qurilish boshqarmasi, buyurtmachi xizmati yoki injiniring kompaniyasida 5 yildan kam bo‘lmagan
ish tajribaga ega bo‘lish; - Respublika miqyosidagi davlat organida boshqarma boshlig‘i yoki bo‘lim boshlig‘i lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Prognozlashtirish, loyiha boshqaruvi hamda loyihalashtirish, qurish
va obyektni foydalanishga topshirish bilan bog‘liq umumiy jarayonlar borasida ko‘nikmaga ega bo‘lish; - Shaharsozlik faoliyati va qurilish sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, loyihalashtirish va me’yoriy-texnikaviy topshiriq hujjatlari to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish;
- Xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar, moliyaviy tashkilotlar, xalqaro konsalting va injiniring kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
- Katta hajmdagi materiallarni chuqur tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayoni va xodimlarni samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish;
- Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilish;
- Rus yoki ingliz tillarini bilish (yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi);
- Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.
Vazifalar:
- buyurtmachi xizmati faoliyatida loyiha boshqaruvi mexanizmini joriy etish;
- mamlakatda injiniring xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- buyurtmachi xizmatining ish tizimida zamonaviy innovatsion ish usullarini joriy etish;
- buyurtmachi xizmati texnik ekspertlari, mutaxassislari faoliyati samaradorligini baholashning (KPI) samarali mexanizmlarini joriy etish;
- buyurtmachi xizmati faoliyati sohasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, zarur hollarda ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- buyurtmachi xizmati va injiniring xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutaxassislari, texnik mutaxassislari, ekspertlarining malaka darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- buyurtmachi xizmatining moddiy-texnik bazasini oshirish va yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- konsalting va qurilish muhandislarining o‘quv seminarlari va uchrashuvlarini muntazam ravishda tashkil etish;
- buyurtmachi xizmati faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- qurilish sohasida injiniring xizmatlari ko‘rsatishning ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish va undan O‘zbekiston sharoitida foydalanish mumkinligi borasidagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasida kapital qurilish sohasida injiniring xizmatlarining hozirgi holati yuzasidan o‘rganishlar olib borish hamda uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- injiniring xizmatlarida biznes jarayonlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- injiniring xizmatlarining yo‘nalishlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash;
- mamlakatda injiniring xizmatlari sohasini rivojlantirish bo‘yicha shart-sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- buyurtmachi xizmati faoliyatining muntazam monitoringini amalga oshirish, ularning faoliyatini rivojlantirishda yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- buyurtmachi xizmatini iqtisodiy va moliyaviy rivojlantirishda ko‘maklashish va amaliy yordam ko‘rsatish;
- buyurtmachi xizmati faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha biznes-rejalarni ko‘rib chiqish va kelishish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- samaradorlikni oshirish nuqtayi nazaridan buyurtmachi xizmati faoliyatini uslubiy (metodologik) qo‘llab-quvvatlash;
- departamentning ish rejasini ishlab chiqish, boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, vazifalarni departament xodimlari o‘rtasida taqsimlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
- boshqarmalar xodimlariga biriktirilgan yo‘nalishlar doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini nazorat qilish;
- faoliyatni takomillashtirish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ishlab chiqish;
- ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish sohasiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari va yo‘riqnomalarni o‘rgangan holda departament xodimlarining malakasini oshirishini tashkillashtirish;
- departament xodimlarining samarali mehnat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga taklif kiritish.
INSON RESURSLARI VA XODIMLAR SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
XODIMLAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot, davlat boshqaruvi organlarida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish. Magistr darajasiga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi;
- Departament faoliyati doirasida yuridik bilimlarga ega bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bandlik, mehnat munosabatlari va kadrlar siyosati bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;
- Inson resurslarini boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari vazirlik tizimi oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal bilish. Xorijiy tillarni (rus, ingliz va boshqalar) yuqori darajada biladigan nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotda qo‘llash tajribasiga ega bo‘lish.
Vazifalar:
- Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning tegishliligi bo‘yicha bajarish hamda ijro intizomiga rioya qilish;
- Ish yuritish tartibi, xodimlarning mehnat faoliyati va mehnat staji faoliyati bilan bog‘liq shaxsiy hujjatlarini yuritishni vazirlikning ichki hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish;
- Vazirlik markaziy apparati xodimlarining mehnat daftarchalari, hisobga olish materiallari va shaxsiy ish jildlarini saqlash va yuritish;
- Bandlik va mehnat munosabatlariga oid hisobotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda tayyorlash hamda tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etib borish;
- Vazirlik markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalari va tizim tashkilotlari xodimlarining ma’lumotnomalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish;
- Vazirlik markaziy apparatida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, kadrlarga oid buyruqlar loyihalarini tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, tegishli tarkibiy bo‘linmalarga va xodimlarga yetkazish hamda belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlash;
- Xodimlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish, elektron tizimlarga axborotlarni kiritish va doimiy yangilab borilishini ta’minlash;
- Tizimga bilimli va salohiyatli kadrlarni jalb qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni muntazam o‘rganib, amaliyotda qo‘llash.