O‘zbekiston Respublikasi hududlarida “Bir mahalla – bir mahsulot” dasturini amalga oshirishni o‘rganish yuzasidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillarining respublikaga tashrifi amalga oshirildi
07/12/2022 - 17:27 2350
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning 2022-yil 22-noyabrdagi JICA (UZ)-202211220008-sonli murojaatiga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 28-noyabrdan 3-dekabrga qadar hududlarga tashrif va tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrushuvlarni o‘z ichiga olgan dastur shakllantirib berildi.
Shakllantirilgan dasturga asosan vazirlikning Sanoat siyosatini yuritish departamenti va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agetligi vakillari bilan birgalikda “Bir mahalla – bir mahsulot” dasturini amalga oshirish imkoniyatini o‘rganish yuzasidan joriy yilning 26–29-noyabr kunlari JICA vakillarini mahallalardagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv holati, tegishli tashkilotlarning ushbu faoliyatdagi o‘rni va vazifalari bilan tanishtirish maqsadida Samarqand, Farg‘ona va Namangan hududlariga tashrifi amalga oshirildi.
Hududlarga tashrif davomida Samarqand shahridagi “Samarqand hunarmandlar markazi” (umumiy hunarmandchilik faoliyati), Rishton tumanidagi “Hunarmandchilik markazi” (kulolchilik faoliyati), Marg‘ilon shahridagi ipak mahsulotlari (atlas va adras) ishlab chiqarish, Uchqo‘rg‘on tumanidagi kooperatsiya usulida intensiv (forel) baliqlari yetishtirish hamda Namangan tumanidagi “Namangan navro‘z gullari” MCHJning oilaviy kooperatsiya usulidagi gulchilik markazi faoliyati bilan tanishildi.
O‘z navbatida JICA vakillari ham Qirg‘iziston Respublikasida “Bir mahalla – bir mahsulot” dasturlari asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hokimiyat vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlarga qisqa taqdimotlar o‘tkazdilar.
Hududlarda JICA vakillari hamda viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish viloyat boshqarmalari, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarma rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.