O‘zbekiston Respublikasi hududlarida “Bir mahalla-bir mahsulot” dasturini amalga oshirishni o‘rganish yuzasidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

07/12/2022 - 17:39 2458

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning 2022-yil 22-noyabrdagi JICA (UZ)-202211220008-sonli murojaatiga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 28-noyabrdan 3-dekabrga qadar hududlarga tashrif va tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrushuvlarni o‘z ichiga olgan dastur shakllantirib berildi.

Joriy yilning 2-dekabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida vazirlikning Sanoat siyosatini yuritish departamenti va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agetligiga JICA vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida JICA vakillari 2022-yilning 26–29-noyabr kunlari Samarqand, Farg‘ona va Namangan hududlardagi mahallalarda mahsulot ishlab chiqarishdagi ixtisoslashuvi bilan tanishishganini hamda katta ta’surot va tushunchalarga ega bo‘lishgani, shuningdek tashrifi yuqori saviyada tashkillashtirilgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirishdi.

Uchrashuvda, JICA vakillari Kikuchi Shingo “Bir mahalla-bir mahsulot” tajribasi asosida juda ko‘p mamlakatlarda ya’ni, Yaponiya, Osiyo va O‘rta Osiyoning bir qator davlatlarida muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilganligi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, ushbu dastur doirasida Qirg‘iziston Respublikasida 2011-yildan buyon amalga oshirilayotgan ishlar misolida loyiha samarasini tanishtirildi.

Shundan so‘ng, vazirlik tomonidan “Bir mahalla-bir mahsulot” yo‘nalishida ishlar boshlanganligi va bunda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari faoliyati to‘g‘risda keng ma’lumot berildi.