Joriy yilning 1–5-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

09/12/2022 - 12:52 1406

Ushbu davr mobaynida bozorda meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi kuzatilmagan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 15,7 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 mln AQSH dollari kam) jami 20,6 ming tonna (6,5 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 4,3 ming tonna uzum, 3,8 ming tonna xurmo, 1,8 ming tonna mosh, 1,7 ming tonna loviya, 1,0 ming tonna mayiz, 0,9 ming tonnadan quritilgan meva, pomidor, ko‘kat va 0,8 ming tonna gulkaram tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 3,0 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 ming dollar kam) qiymatidagi jami 12,4 ming tonna (5,3 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 7,2 ming tonna kartoshka, 1,6 ming tonna banan, 1,5 ming tonna mandarin278 tonna apelsin hamda 61,5 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 3,3 ming tonna, xususan, 1,5 ming tonna kartoshka, 1,4 ming tonna piyoz125 tonna karam va 275 tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 311 tonna, Toshkent viloyatidan 195 tonna kartoshka;

Jizzaxdan 441 tonna, Toshkent viloyatidan 433 tonna va Samarqanddan 385 tonna piyoz

Toshkent viloyatidan 125 tonna karam;

Qashqadaryodan 143 tonna, Surxondaryodan 67 tonna, Toshkentdan 43 tonna, Buxorodan 22 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 712 tonna va Qirg‘izistondan 153 tonna kartoshka hamda Qozog‘istondan 179 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 64,2 tonna, shu jumladan, 57,3 tonna mol go‘shti va 6,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati