«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
10/07/2015 - 15:31 16509
O‘zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonuni
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 22-son, 287-modda)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 24 oktyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015 yil 15 mayda ma'qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 354-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh., 2015 yil 3 iyun, O‘RQ-387-son