Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Germaniya iqtisodiy jamoasi (The German Economic Team) ekspertlari o`rtasida video konferens-aloqa o`tkazildi

01/04/2021 - 09:36 821

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Germaniya iqtisodiy jamoasi (The German Economic Team) ekspertlari o`rtasida video konferens-aloqa ko`rinishida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Savdo tog`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda chakana savdoni rivojlantirish va tartibga solish bo`yicha Germaniya tajribasi bo`yicha fikr almashildi. Shuningdek uchrashuv davomida ushbu sohani yanada chuqurroq o`rganish hamda birgalikda O`zbekiston Respublikasining “Savdo to`g`risidagi qonuni” loyihasini yanada takomillashtirish bo`yicha o`zaro hamkorlikni o`rnatish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati