OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

30/06/2022 - 18:03 793

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish  2022-yil                              30-iyundan 9-iyulgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyalari va master-rejalari metodologiyasini ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i                                 o‘rinbosari – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash yo‘nalishida kamida 5 yillik ish stajiga ega hamda kamida 2 yil rahbar lavozimida ishlagan bo‘lishi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududlarida xizmatlar sohasi va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida ilmiy ishlanmalar chop etgan, strategiya va dasturlar hamda hududlar master-rejalari va bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, jumladan, avtomobil yo‘llarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash, rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ularning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy tajribaga egaligi.
  5. Hududlarda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishi.
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyatli bo‘lish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.
  7. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan, kamida 6 ball olgan nomzodlar ijobiy baholanadi).

Vazifalar:

  1. Hududlarda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida infratuzilmani rivojlantirish, master-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xizmat ko‘rsatish sohasiga turtki bo‘ladigan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va takliflar berish.
  3. Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirishda infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish.
  4. Respublika hududlarida xizmatlarni rivojlantirish, shuningdek, infratuzilma holatini yaxshilash bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan ishlash, xalqaro moliya institutlarini jalb qilish.
  5. Xorijiy ekspertlar ko‘magida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hududlarning master-rejalari, shuningdek, hududlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish strategiyalari metodologiyasini ishlab chiqish.
  6. Hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish jarayonida qatnashish, infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga ko‘maklashish.
  7. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda hududlarda xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
  8. Hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha tumanlar va shaharlarning ixtisoslashuvini aniqlash.
  9. Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish, master-rejalarni ishlab chiqish va infratuzilma loyihalarini shakllantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish.

 

XALQARO REYTINGLAR VA TADBIRKORLIK MUHITINI YAXSHILASH DEPARTAMENTI

 

1.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish va raqobat muhitiga taʼsirini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi– vakant lavozimiga

 

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;
  2. Iqtisodiyot sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lish, shundan eng kamida 1 yil respublika darajasida ishlagan bo‘lishi;
  3. Boshqarma faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olish hamda zarur axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlay olishi;
  4. Mamlakat iqtisodiyotida biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha ish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  5. 5. Qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga taʼsirini baholay olish hamda natijasi yuzasidan tegishli xulosalar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  6. 6. Xalqaro tashkilot va moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
  7. 7. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi);
  8. 8. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati.

Vazifalar:

  1. Vazirlikka kelib tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan asossiz xarajat qilishni, ularga ortiqcha majburiyat yuklashni, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash;
  2. Normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ularni “ex-ante” va “ex-post” usullari orqali tartibga solish taʼsirini baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini o‘rganish natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlash;
  3. Loyiha tashabbuskorlari bilan hisobotlarni tayyorlashda vakolati doirasida uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatish;
  4. Davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash uchun masʼul xodimlarining sohadagi malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishga qaratilgan o‘quv tadbirlarida muntazam qatnashib borish;
  5. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyatining ruxsatiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda, sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda qatnashish.

 

2.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish va raqobat muhitiga ta‘sirini baholash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi– vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish;
  2. Iqtisodiyot sohasida 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lish;
  3. Boshqarma faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olish hamda zarur axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlay olish;
  4. Qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga taʼsirini baholay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  5. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi);
  6. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati.

 

Vazifalar:

  1. Vazirlikka kelib tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan asossiz xarajat qilishni, ularga ortiqcha majburiyat yuklashni, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash;
  2. Normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ularni “ex-ante” va “ex-post” usullari orqali tartibga solish taʼsirini baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini o‘rganish natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlashda ishtirok etish;
  3. Davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash uchun masʼul xodimlarining sohadagi malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkillashtirish;
  4. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyatining ruxsatiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda, sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda qatnashish.

 

 

YASHIL TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNI
QO‘LLAB-QUVVATLASH BOSHQARMASI

 

 Bosh mutaxassisi– vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish (xorijiy va xalqaro oliy oquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
  2. Iqtisodiyot va moliya sohalari, xususan, “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida hamda boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lish (xorijiy va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan “yashil” iqtisodiyotga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, “yashil” iqtisodiyotga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  5. Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmasiga ega, xususan, “yashil” iqtisodiyotga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi;
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  7. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi.

Vazifalar:

  1. “Yashil” texnologiyalarni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga joriy etish nuqtai nazaridan mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun zarur shart-sharoit yaratish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  2. “Yashil” texnologiyalarni rivojlantirishning parametrik va noparametrik tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  3. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun mavjud tartibga soluvchi, ma’muriy hamda boshqa to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  4. “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, joriy qilish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  5. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish, “aqlli” iqlim texnologiyalari va vositalaridan foydalanishni rivojlantirishda xususiy sektor ishtiroki va tadbirkorlikni jadallashtirish borasida takliflar ishlab chiqish;
  6. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining “yashil” transformatsiya qilish strategiyasi amalga oshirilishini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;
  7. “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;
  8. Tegishli davlat tashkilotlari bilan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish holatini baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish.

 

 INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA DEMOGRAFIYA

 JARAYONLARINI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

Mehnat resurslari balansini shakllantirish, demografiya jarayonlarini tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi bosh mutaxassis – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mehnat bozori va undagi jarayonlarga oid qaror va farmonlarni bilishi;
  3. Mehnat bozorini baholash metodikasi, unga taʼsir etuvchi iqtisodiy tahlillarni amalga oshira bilishi, hujjatlar aylanmasi va ish yuritish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  4. Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy maʼlumot tayyorlash, ish jarayonida samarali ishtirok etish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  5. Jamoada ishlash, qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
  6. AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, maʼlumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlashi;
  7. O‘zbek tilini mukammal, rus, ingliz tilini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
  2. Mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish;
  3. Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini barpo qilish dasturi loyihasini shakllantirish uchun mehnat resurslariga talab va taklif muvozanatining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
  4. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha vazirlikning barcha tarkibiy bo‘linmalari bilan aloqalar o‘rnatish, vazirlikning idoralari, bo‘linmalari va bo‘ysinuvchi muassasalari tomonidan bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish va tahliliy materiallar tayyorlash;
  5. Professionallik darajasini oshirish maqsadida seminarlarda ishtirok etish;
  6. Davlat statistika qo‘mitasining ko‘rsatkichlariga asoslangan holda, mehnat bozori sohasining rivojlanish ustuvorliklari va barqaror ishlashi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  7. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan mehnat bozori sohasini rivojlantirish dasturlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
  8. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish (mehnat bozori bo‘yicha);
  9. Tahlillar asosida mehnat bozori sohasining prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  10. Mehnat bozori sohasining rivojlanishini prognozlashtirish va tahlil qilish;

11. Mehnat bozori sohasining rivojlanishini prognozlashtirish va tahlil qilish.