OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

04/07/2022 - 12:41 1067

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish toʻgʻrisida”gi Tartib asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan                             3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish  2022-yil                              4-iyuldan 13-iyulgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich – suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+998-71-232-64-29), (+998-71-232-65-40)  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

 

YER ISLOHOTLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi – vakant lavozimiga

 

Lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, kadastr yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish yo‘nalishlarida vazirlik va idoralarda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
  2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish nuqtayi nazaridan o‘rganishlar olib borish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  3. Yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish hamda davlat boshqaruvi sohasida xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takliflarni ishlab chiqish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  4. Yer bozorini rivojlantirish maqsadida yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni, yerni bozor aktiviga aylantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish.
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish lozim.
  6. O‘zbek tilini mukammal va chet tilini (rus, ingliz) yuqori darajada bilish lozim.

Vazifalar:

  1. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
  2. Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalarini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi.
  3. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib boradi va yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yerni bozor aktiviga aylantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi.
  4. Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita taʼminlash va davlat nazoratini olib borishga masʼul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini o‘rganib, rahbariyatga maʼlumot tayyorlaydi.
  5. Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.

 

 

Ichki audit xizmati

 

Ichki audit xizmati bolimi boshlig‘i – vakant lavozimiga

 

 

Lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya, soliq, bank ishi, buxgalteriya hisobi va hisoboti yo‘nalishida kamida umumiy 5 yil ish stajiga, shundan 2 yil rahbar lavozimida ishlagan bo‘lish.
  2. Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilish.
  3. Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish.
  4. Professional etiket, atrofdagilarga, shuningdek, hamkasblarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muomala madaniyati, o‘z fikri va mulohazalarini ifodalay olish, shuningdek, muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  5. Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish.
  6. Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
  7. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan, kamida 6 ball olgan nomzodlar ijobiy baholanadi).

Vazifalar:

  1. Ichki audit xizmati faoliyatiga boshchilik qilish.
  2. Ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa tegishli hujjatlarning Ichki audit milliy standartlariga muvofiq ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini nazorat qilish.
  3. Ichki audit xizmati faoliyati jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilib borish.
  4. Rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra, boshqa tuzilmalar bilan birgalikda moliyaviy ta’minlashga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etish.
  5. Ichki audit xizmati faoliyati bilan bog‘liq vazifalar ijrosi yuzasidan bevosita rahbariyatga belgilangan tartibda muntazam ravishda hisobot berib borilishini ta’minlash.
  6. Ichki audit xizmati faoliyatini tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash hamda Ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritish.
  7. Rahbariyat tomonidan chaqiriladigan iqtisodiy-moliyaviy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish.
  8. Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar va tashqi audit yakunlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’lumotlar tayyorlash.
  9. Qonun buzilish holatlari, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar kiritish hamda ularning bajarilishini kuzatib borish, shuningdek, ular bo‘yicha har chorakda hisobot tayyorlash.
  10. Ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan audit tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda OAV orqali yoritib borish.