II O'zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “Gender tenglik, yoshlar, kelajakka sarmoya” mavzusidagi davra suhbati

09/11/2022 - 12:29 2276

II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “Gender tenglik, yoshlar, kelajakka sarmoya” mavzusida ayni paytda aholining tez o‘sishini hisobga olgan holda mamlakat rivojida eng muhim resurslaridan va asosiy yo'nalishlardan biri hisoblangan inson kapitalini rivojlantirishga bag‘ishlangan panel sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirgi davrda jahon hamjamiyatida gender tengligi global masalalardan biri bo‘lib, aholining salohiyatini yuqori darajada oshirish uchun erkaklar ham, ayollar ham iqtisodiy hayotda muhim rolga ega bo‘lishini ta’minlash lozim. Yoshlar uchun asosiy masala – kelajakdagi faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun xizmat qiladigan bilim va vositalarni egallash hisoblanadi.

Ushbu sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Narbayeva, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova, Kambag‘allikni qisqartirish va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha Oksford tashabbusi dasturi direktori Corinne Mitchell, “CARE CSR LTD” kompaniyasi direktori Malika Sharipova va boshqalar ishtirok etmoqdalar.

Panel sessiyada ishtirokchilar mamlakatning ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari va biznes imkoniyatlaridan foydalanayotgan va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan foydalanayotgan yoshlar hamda ayollar erishayotgan yutuqlar, ta’lim sohasidagi asosiy maqsadlarni muhokama qilmoqda, shuningdek, o‘zlarining muvaffaqiyat yo‘llari, hozir va kelajak haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Axborot xizmati