OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

09/11/2022 - 18:12 2935

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 9-noyabrdan 18-noyabrgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

 

 

 

 

HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

 

HUDUDLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI TAHLIL QILISH YIG‘MA  BOSHQARMASI BOSHLIG‘I O‘RINBOSARI VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1.    Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarida ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida kamida 6 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmasiga ega, xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlay olish ko‘nikmasining shakllanganligi;
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, xorijiy tillarni (rus va ingliz) yuqori darajada bilishi.

 

Vazifalar:

  1. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda tizimning samarali ishlashini nazorat qilish;
  2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini yuritish;
  3. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va monitoringini yuritish;
  4. Hududning iqtisodiy salohiyati, foydalanilmayotgan imkoniyatlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
  5. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
  6. Hududlarda iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladigan yo‘nalishlarni aniqlash;
  7. Boshqarma faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlash va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

 

HOKIM YORDAMCHILARI ISH FAOLIYATINI METODOLOGIK

QOLLAB-QUVVATLASH VA RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

YETAKCHI MUTAXASSISI VAKANT LAVOZIMIGA

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalarida ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish hamda “mahallabay” ishlash tizimi, hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
  3. Hokim yordamchilari ish faoliyatini metodologik qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishi;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, xorijiy tillarni (rus va ingliz tillarini) yuqori darajada bilishi.

Vazifalar:

  1. Hududlarda hokim yordamchisi faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda tizimning samarali ishlashini nazorat qilish;
  2. Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
  3. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;
  4. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  5. Tegishli davlat tashkilotlari bilan hududlarda hokim yordamchisi faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar metodologiyasini takomillashtirish;
  6. Boshqarma faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlash va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.