Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
15/11/2022 - 20:47 2007
Joriy yilning 15-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Jahon bankining hamkor guruhrahbari, bosh iqtisodchisi Kordula Rastogi va Daniel Saslavskiy, bojxona mutaxassisi Maykl Zarnowiecki, hamda yetakchi mutaxassis Devid Stiven ishtirok etdilar.
Uchrashuv boshida savdo, transport va logistikani tartibga soluvchi qoidalar bo‘yicha amaldagi siyosat masalalari ham qayd etildi. Xalqaro transport va logistika masalalari ham muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Uchrashuv davomida eksportni ko‘paytirish, sektorni moliyalashtirish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi,
- ehtiyojlar va moliyalashtirish manbalari;
- rejalashtirish va byudjetlashtirish uchun huquqiy va institutsional asos;
- transport infratuzilmasida davlat korxonalarining roli;
- sektorda xususiy ishtirok etish imkoniyatlari;
- sektorni boshqarish.Uchrashuv davomida, eksportni oshirish loyihalari va bunda yashil iqtisodiyotning o‘rni yuqori ekanligi, uning tez shakillanayotganligi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida multimodal transport, operatsion to‘siqlar va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolari, shuningdek, intermodal va yuk tashish uchun bozor salohiyati kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, uchrashuvda tomonlar savdo, transport va logistika sohasidagi keyingi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashdilar.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati