“Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” Rеspublika tanlovi natijalari
30/11/2022 - 19:55 1674
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” Respublika tanlovi o‘tkazildi.
1.
• Vazirlik tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” respublika tanlovi e’lon qilindi.
• Tanlovga loyihalar joriy yilning 21-oktabridan – 22-noyabriga qadar qabul qilindi.
• Kelib tushgan 11 ta loyiha belgilangan mezonlar bo‘yicha baholandi.
2. Loyihalar quyidagi mezonlar bilan baholandi:
• Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish darajasi;
• Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish;
• Nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv hayot tarzini yaratishga qaratilgan innovatsion g‘oya va yechimning tugallanganligi darajasi;
• Loyihani so‘nggi 2 yillikda amalga oshirilganligi hamda natijasi bugungi kunda namoyon bo‘lganligi.
3.
“Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” tanloviga kelib tushgan loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash komissiyasi tomonidan barcha loyihalar ko‘rib chiqilib, yakuniy natijalarga ko‘ra Mamatxanov Ulug‘bek Abdujabborovich tomonidan tayyorlangan “Innovatsion media loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi g‘olib deb topildi.