Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kadrlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi
19/12/2022 - 12:36 5085
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kadrlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi
“Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi qonunga https://lex.uz/uz/docs/6145972 muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi va uning tizimidagi mavjud vakant lavozimlarga malakali kadrlarni ishga qabul qilish ochiq tanlov orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda vakansiyalar uchun ichki va tashqi tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovlar 3 bosqichda o‘tkaziladi:
nomzodlarning arizalarini malaka talablari bo‘yicha saralash;
test sinovi;
suhbat bosqichi.
Vazirlik va uning tizimidagi vakant lavozimlarni egallash uchun arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlovlarning ochiq va shaffof hamda barcha uchun tenglik tamoyili asosida o‘tishini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi nazorat qiladi.