OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA VAKANT LAVOZIMGA ICHKI TANLOV E’LON QILINADI

22/12/2022 - 11:38 7317

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish toʻgʻrisida”gi Tartib asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 23-dekabrdan 27-dekabrgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi (6 ta mezon asosida), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

              Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

KАMBАG‘АLLIKNI QISQАRTIRISH SIYOSАTINI YURITISH DEPАRTАMENTI

 

Kambag‘allikni qisqartirish mexanizmlari va chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot (iqtisodiy siyosat, strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya, biznes boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy) yo‘nalishida magistr darajasiga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi (nostrifikatsiya qilingan, top universitetlar qatoriga kiruvchi);
  2. Iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi (kamida 3 yil rahbarlik lavozimida);
  3. Iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish tajribasiga, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya, dastur va “yo‘l xarita”larining ijrosini tashkil qilish hamda tahlil qilib borish, hududiy iqtisodiy majmuani boshqarish va muvofiqlashtirish tajribasiga ega bo‘lishi;
  4. Аholining kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, aholi farovonligini oshirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, tendensiyalarni aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, qisqa va o‘rta muddatli davrlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy dasturlar ijrosini monitoring qilib borish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi kambag‘allik darajasi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini taʼminlovchi taʼsirchan mexanizmlarni shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  5. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning ijrosi ustidan monitoring olib borish, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tahliliy maʼlumotlar tayyorlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  6. Jamoani bir maqsadga yo‘naltira olish, o‘z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
  7. Xodimlarni tanlash, ularni bir maqsad sari yo‘naltira olish va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
  8. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,5 ball) yoki ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda oliy taʼlimni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

  1. Boshqarma vakolati doirasidagi masalalarni o‘rnatilgan tartibda rahbariyat muhokamasiga kiritish;
  2. Rahbariyat bilan kelishilgan holda Boshqarma vakolati doirasida uchrashuvlarda, seminarlarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
  3. Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalaridan Boshqarmaning faoliyatiga oid maʼlumotlarni olish;
  4. Boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha uchrashuvlar hamda seminarlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
  5. Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida vakolati doirasida o‘rnatilgan tartibda maʼlumotlarni tayyorlash va Vazirlik rahbariyati muhokamasiga kiritish.

 

ICHKI AUDIT XIZMATI

Ichki audit xizmati bosh mutaxassisi vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya, soliq, bank ishi, buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda audit yo‘nalishida kamida umumiy 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.
  2. Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi.
  3. Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi.
  4. Professional etiket, atrofdagilarga, shuningdek, hamkasblarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muomala madaniyati, o‘z fikri va mulohazalarini ifodalay olish, shuningdek, muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.
  5. Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olishi.
  6. Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
  7. O‘zbek tilini mukammal, xorijiy tillarni yuqori darajada bilishi (rus va ingliz tillari, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan, kamida 6 ball olgan nomzodlar ijobiy baholanadi).

 

Vazifalar:

  1. Vazirlik va uning huzuridagi tashkilotlarni moliyalashtirishni amalga oshirish jarayoni, budjet hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri, to‘liq yuritilishi va shakllantirilishini o‘rganish, aktivlardan foydalanish hamda ularni saqlanishini baholash, debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish, risk-tahlilini amalga oshirish orqali mablag‘lardan samarasiz va noqonuniy foydalanishni oldini olish va mavjud holatlarni bartaraf etish hamda davlat xaridlari jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan audit tadbirlarini o‘tkazish.
  2. Vazirlik va uning huzuridagi tashkilotlarda ularning vazifalarini bajarishda ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini baholash, moliyaviy resurslar mobilizatsiyasi va tejamkorligini yaxshilash yo‘nalishlarini o‘rganish, mavjud resurslardan foydalangan holda yuqori natijadorlikka erishish, shuningdek, davlat dasturlari va budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari ijrosini baholash va ularni kengaytirish hamda belgilangan vazifalarning to‘liq hajmda, o‘z muddatida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan risklarini aniqlashga qaratilgan audit tadbirlarini o‘tkazish.
  3. Vazirlik va uning huzuridagi tashkilotlar faoliyatini moliyaviy ta’minlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishining risk-tahlilini amalga oshirish asosida tahlil qilish hamda qonun buzilish holatlarini tezkor aniqlash va oldini olish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan audit tadbirlarini o‘tkazish.
  4. Vazirlik va uning huzuridagi tashkilotlarda mavjud dasturiy ta’minotlar va axborot texnologiyalaridan olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘ri, to‘liq shakllanganligini o‘rganish hamda axborot-kommunikatsion va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali faoliyatni, shu jumladan, ichki nazorat tizimini yanada samarador va natijador bo‘lishiga qaratilgan axborot texnologiyalari auditi tadbirlarini o‘tkazish.
  5. Ichki audit milliy standartlarida belgilangan tartibda ichki audit faoliyati natijalari yuzasidan hisobot rasmiylashtirish hamda taklif va tavsiyalar tayyorlash.
  6. Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan o‘tkazilgan moliyaviy nazorat va tashqi audit natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonun buzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  7. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va ma’lumotlar bazasi vositasida masofaviy auditni qo‘llash.
  8. O‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash.
  9. Ichki audit xizmati bo‘limi faoliyati bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash hamda ularni Ichki audit xizmati bo‘limi boshlig‘iga taqdim etish.
  10. Vazirlik rahbariyati tomonidan chaqiriladigan iqtisodiy-moliyaviy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish hamda sohaga oid seminarlar, treninglar va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish yoki ularni tashkil qilish.