O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar ro‘yxati
26/02/2019 - 15:44 33954
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmalari va tasurrufidagi tashkilotlarning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
2. Vazirlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa normativ hujjatlar, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
3. Vazirlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
4. Vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning va boshqa normativ hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
5. Vazirlik tomonidan Davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
6. Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
7. Vazirlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
8. Amalga oshirilishida vazirlik ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
9. Vazirlikning faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoq (hudud)ning holatini va uning rivojlanish sur'atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
10. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
11. Vazirlikning ochiq hay'at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy, vaqt hamda majlislarda hozir bo‘lish tartibi.
Eslatma: Vazirlikning faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'lumotlar ham kiritilishi mumkin.
(Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining 2016-yil 6-iyundagi 36-son buyrug‘iga 1-ilova)