Akkreditatsiya
03/01/2022 - 11:14 56805
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 243-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini o‘z vaqtida va xolisona yoritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida vazirlikda OAV xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan, vazirlik huzurida akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun ommaviy axborot vositasi xodimi haqida ma'lumotlar quyida keltirilgan tartib asosida taqdim etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 243-sonli qarori ilovasining 7-bandi talablariga muvofiq, Iqtisodiyot vazirligi huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharrirning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etishi lozim.
Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1 OAV nomi va turi
2 Ixtisoslashuvi
3 Tarqalish hududi va adadi
4 Tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari
5 Elektron pochta manzili, veb-sayti
6 Muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi va ayni paytda egallab turgan lavozimi
7 Kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar
8 Muxbirning elektron pochta manzili, telefon va faks raqami
Shuningdek, buyurtmanomaga batafsil ma'lumotlar, ya'ni muxbirning pasporti va diplomidan nusxalar, rahbarning tavsiyanomasi, ma'lumotnoma (ob'yektivka) hamda 3x4 kattalikda to‘rt dona surat ilova qilinadi